Bolgariya bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda xalqaro oʻquv markazi tashkil etiladi

    Qashqadaryoda “Kasbiy tayyorlov markazi”, Samarqandda “Malakani baholash markazi” tashkil etiladi.

    Migratsiya agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, Qashqadaryoda “Kasbiy tayyorlov markazi”, Samarqandda “Malakani baholash markazi” tashkil etiladi. Shuningdek, nomzodlarga xalqaro miqyosda tan olinadigan sertifikatlar beriladi va Germaniya hamda Bolgariyada ish bilan taʼminlanadi.

    Bu boʻyicha Agentlik direktorining oʻrinbosari Azimjon Husanov va Bolgariyaning “VERO Scaffolding” kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Andrey Samsonov oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishib olindi.

    Qayd etilishicha, loyiha joriy yil mart aprel oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    “VERO Scaffolding” kompaniyasi — qurilish boʻyicha ixtisoslashgan boʻlib, qurilishni rejalashtirish, konstruksiya hisoblarini tekshirish va havozalarni (lesa) modellashtirish yoʻnalishlarida Yevropada keng tajribaga ega, loyihalarini Yaqin Sharq, Osiyo va MDH davlatlarida ham amalga oshiradi.