Shuningdek, ular mamlakatda qonun ustuvorligi taʼminlanishi hamda oligarxlar va siyosatchilar oʻrtasidagi kelishmovchilikka barham berilishiga chaqirmoqda.

Aslida yuqori sud ittifoqida siyosatchi shtati boʻlmasligi kerak. Bizda esa bor: parlament aʼzosi boʻlishiga qaramay, siyosatchilik ham qilishadi. Bu holat korrupsiyaga keng yoʻl ochadi. Biz esa vaziyat qurboni boʻlib qolaveramiz”, deydi namoyishchilardan biri.

Birinchi ommaviy chiqish 9-iyul kuni boshlangan edi. Oʻshanda minglab odamlar hukumat boshligʻi Rumen Radayevni qoʻllab quvvatlash uchun prezident administratsiyasi binosi oldiga yigʻilishgandi. Shu bilan birga ular hukumat sirlarini yashirgan hamda korrupsiyada ayblanayotgan ikki mulozimni ishdan olishni daʼvo qilishgan edi.

Bu galgi shanba kungi namoyishda odamlar esa “Tizim bizni oʻldiradi” shiorlari tushirilgan plakatlarni koʻtarib chiqishdi. Shundan soʻng politsiya ularning katta koʻchalarda harakatlarini cheklash maqsadida yoʻllarga toʻsiqlar qoʻyib tashladi. Namoyishchilarning talabi esa hamon soʻroq ostida qolmoqda.