Qayd etilishicha, sirpanchiq yo'lda 36 kishi jarohat olgan.

Noqulay ob-havo Bolgariya hukumatini mamlakatning katta qismida favqulodda holat e'lon qilishga majbur qildi.

“Asosan Bolgariya shimoli-sharqidagi mingdan ortiq aholi punktlari elektr ta'minotisiz qoldi. Kuchli shamol yo'l-transport hodisalari va yo'llarda kechikishlarga sabab bo'ldi, shuningdek, daraxtlar va elektr uzatish liniyalarini ag'dardi”, dedi Bosh vazir Nikolay Denkov.

Qo'shni Ruminiyada esa sharqiy uyezdlar – Konstantsa, Tulcha, Galats va Brailada ob-havo xavfining qizil darajasi e'lon qilindi, deb xabar beradi korrespondent.net.

Mamlakat rasmiylarining xabar berishicha, 400 dan ortiq aholi punkti elektr ta'minotidan uzililib qolgan.