Bolgariya milliy televideniyesining temir yo'l halokatini tekshirish xizmatiga tayanib xabar berishicha, ikki kishi halok bo'lgan, besh kishi jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa 16:00 atrofida sodir bo'lgan. Lokomotivlarning to'qnashishi oqibatida yong'in kelib chiqqan. Voqea joyida tibbiyot xodimlari, o't o'chiruvchilar, politsiya va temir yo'l xizmati vakillari ishlamoqda. Voqea sodir bo'lgan hududda temir yo'l harakati to'xtatilgan. Hodisa sabablari noma'lum, deb xabar beradi tass.ru.