Boliviya Oliy saylov sudi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlar shundan dalolat beradi.
Markazchi Xristian-demokratik partiyadan nomzodni saylovchilarning 54,61 foizi qo'llab-quvvatladi.
“Boliviyada bo'lib o'tgan tarixiy ikkinchi turda prezident etib saylangan Rodrigo Pas Pereyrani tabriklayman va uning hukumatiga muvaffaqiyatlar tilayman”, deb yozdi amaldagi Prezident Luis Arce X sahifasida.
Uning ta'kidlashicha, hokimiyatning bir saylangan hukumatdan boshqasiga o'tishi “so'nggi 28 yil ichida birinchi marta amalga oshadi”, deb xabar berdi report.az.







