Mazkur konferensiya Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladi.
Konferensiyaga tashrif buyurganlar Sulaymon Boqirgʻoniy majmuasiga sayohat qilish, bu yerdagi arxeologik qazishma ishlari bilan tanishish, ziyorat kutubxonasidagi taqdimot va boshqa tadbirlarda qatnashish imkoniga ega boʻlishadi.