Tur Pinanga subterranea deb nomlandi. Olimlar bu tur qanday qilib hozircha saqlanib qolganini ayta olmayapti. Aksariyat o'simliklar, gul va mevalar yerdan yuqoriga qarab o'sadi. Bu changlatishni va urug'larni tarqalishini osonlashtiradi. Bu jarayonlar yer ostida qanday sodir bo'lishi mumkinligi tadqiqotlar olib borishni talab qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.
“Pinanga subterranea yer ostida gullaydigan va meva beradigan yagona palma turidir”, dedi Kyudagi Qirollik botanika bog'i ilmiy xodimi doktor Benedikt Kunxoyzer.