Gap uchuvchisiz avtojir ThunderFly TF-G1 haqida bormoqda. 25 kilogramm og'irlikdagi uchar apparat 4300 metrgacha balandlikka ko'tarilishi mumkin, og'irligi 5 kilogrammgacha bo'lgan yuklarni tashiydi.
Avtojir, hatto qiyin ob-havo sharoitida ham muvozanatini saqlay oladi. U an'anaviy vertolyotlarga qaraganda yaxshiroq energiya va boshqaruv imkoniyatlariga ega.
Qidiruv-qutqaruv ishlarida hamda meteorologiyada undan foydalanilishi mumkin, deb xabar beradi techcult.ru.