Bosh konsulxonaning xabar berishicha, bunday tuzilmalarining ayrimlari ezgulik niqobi ortida jinoyatchi guruhlar, terroristik va ekstremistik harakatlarni moliyalashtirish, ularning gʻoyaviy markazlarini qoʻllab-quvvatlash kabi maqsadlarni koʻzlayotganligi namoyon boʻlmoqda.
Shu munosabat bilan, siz aziz fuqarolarni har qanday nomdagi xayriya jamiyatlariga ehson mablagʻlarini yoʻnaltirishda ehtiyotkorlikka chaqirib, ushbu orqali oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy faoliyatlarga moliyaviy koʻmak koʻrsatib qoʻyishdan saqlanishingizni soʻraymiz.
Eslatib oʻtamiz: yaxshilik qilish avvalo oʻz yaqinlaringizdan, oilangiz, mahallangiz va jamiyatingizdagi ehtiyojmandlarga koʻmak berishdan boshlanadi. Ehsonlaringiz haqiqiy yaxshilik va barakaga sabab boʻlsin, — deyiladi xabarlarda.









