Bosh prokuratura 11 yoshli bolaning oʻlimi yuzasidan bayonot berdi

    Buxoro shahridagi xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan tekshirish oʻtkazildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura bayonot berdi.

    Ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari oʻtkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinadi.