Bosh prokuratura “Antistrumin” ishi»ga oid maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi

    Ijtimoiy hayot 28 Noyabr 2023 870

    Tarqatilayotgan maʼlumotlar tergovning obyektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

    “Antistrumin” dori vositasi bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan jinoyat-protsessual qonunchilik asosida dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakuniga yetmagan boʻlsada, jinoyat ishi doirasida 3 nafar ayollar qamoqqa olinganligi haqidagi maʼlumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda.

    Tarqatilayotgan ushbu maʼlumotlar tergovning obyektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

    Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib oʻtamiz.

    "Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugaguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jinoyat ishiga oid maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.

    Tergov natijasi haqida qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi" deyiladi xabarda