Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish Inspeksiyasiga matbuot kotibi tayinlandi

    Kuryazova Dilrabo Aminboyevna — Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi boshligʻining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Qayd etilishicha, D.Kuryazova tayinlovga qadar Departamentning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi bosh inspektori vazifasida faoliyat yuritgan.

    Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.