Xondamir Axunbabayev 1989-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2013-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2012-yilda Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazida bosh mutaxassis lavozimida boshlagan. Keyinchalik Investitsiyalar davlat qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, "Aisha Home Textile" qo‘shma korxonasida tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limi boshlig‘i va ishlab chiqarish boshlig‘i, Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasida Hududiy sanoatni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i, Namangan viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Loyiha ofisi rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar "Namangan erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" davlat muassasasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining tegishli qarori bilan amalga oshirildi.