Bosh prokuratura korrupsiyaviy jinoyatlar haqida xabar berishga chaqirdi

    Fuqarolar korrupsiyaviy jinoyatlar haqida @bpantikoruz_bot Telegram botiga hamda Bosh prokuraturaning ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan yuqoridagi holatlar boʻyicha fuqarolar murojaatlarni prokuraturaning 1161 raqamli ishonch telefoni yoki @bpantikoruz_bot Telegram botiga yuborish soʻralmoqda.

    “Murojaatingiz tezkorlik bilan koʻrib chiqiladi, unga qonuniy munosabat bildiriladi. Sizning xavfsizligingiz esa toʻliq kafolatlanadi“, — deyiladi xabarda.