Boʻlimning asosiy vazifalariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan ximoya qilishga doir qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, fuqarolarni qabul qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
-xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga doir vazifalar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish ularning jamiyatda munosib oʻrin egalashiga koʻmaklashishga doir vazifalar ijrosi ustidan nazorat olib borish;
-ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga manzilli koʻmak berilishi, jumladan ularni uy-joy, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordam turlari bilan qamrabga olishga doir vazifalar ijrosini nazorat qilish;
-xotin-qizlarning taʼlim tarbiyasi, ularni oʻqitish va kasbiy tayyorlash, oliy taʼlimga jalb qilish, xotin-qizlar oʻrtasida ilm-fan va innovatsiyalarni keng rivojlantirish sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-xotin-qizlarni bandligini taʼminlash, mehnat va mehnatni muxofaza qilish sohalaridagi huquqlariga qatʼiy rioya etilishi, shu jumladan xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab quvvatlashga doir vazifalar ijrosi ustidan nazorat oʻrnatish;
-xotin-qizlarning sogʻligʻini saqlash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish, onalik va bolalikni muxofaza qilishga doir vazifalar ijrosi ustidan nazorat olib borish;
-sohaga ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa resurslar, shu jumladan oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash zoʻravonlikdan himoya qilish borasida tegishli vazirlik idoralar va mahalliy davlat xokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish masalalari kiritilgan.