Bosh prokuror va IIV birinchi oʻrinbosarlariga hayfsan berildi

    Hukumat 28 Iyul 2023 2059

    Barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari oʻziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishi qayd etildi.

    Jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan ishlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi uchun Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev, ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga masʼul oʻrinbosari B.Abdullayevga hayfsan eʼlon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi

    Barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari oʻziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishi qayd etildi.

    Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan:

    - Sergeli, Yangihayot, Shayxontohur, Gʻijduvon, Kogon, Tuproqqalʼa, Taxtakoʻpir, Tomdi, Yakkabogʻ, Oltinsoy, Zafarobod, Boyovut, Guliston, Mingbuloq, Oltinkoʻl tumanlari ichki ishlar boshliqlari;

    - Andijon, Bandixon, Buvayda, Narpay, Yunusobod tumanlari prokurorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.