“Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulki obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

— “rroperty.davaktiv.uz” ATga davlat tashkilotlari, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar tomonidan kiritilgan davlat koʻchmas mulki obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar asosida Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan obyekt joyiga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazish;

— boʻsh turgan davlat koʻchmas mulki obyektlari (boʻsh bino) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Inventarizatsiya” mobil ilovasi orqali “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritish;

— xatlov natijasida aniqlangan boʻsh binolar hisobi “Davlat mulki” ATda shakllantirish;

— aniqlangan boʻsh binolardan samarali foydalanish mezonlarini belgilash.

Qonun loyihasida belgilanishicha:

— hududlarni rivojlantirish dasturlari va davlat-xususiy sheriklik dasturlariga kiritilmagan uch oydan ortiq turgan boʻsh binolar balansda saqlovchilar bilan kelishmagan holda ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi mumkin, bundan harbiy, maxsus maqsadlardagi hamda davlat siri bilan bogʻliq obyektlar mustasno;

— davlat tashkilotlari hamda davlat koʻchmas mulki obyektlaridan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari maʼmuriy binolarda xodimlarni joylashtirish meʼyorlariga asosan joylashtiriladi, bundan ijtimoiy soha tashkilotlari mustasno;

— davlat koʻchmas mulki obyektlarini tekin foydalanishga berish boʻyicha shartnomalar, shuningdek, shartnomaga kiritiladigan har qanday oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar, uni bekor qilish faqatgina “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.