Bosh vazir Abdulla Aripov Qirgʻizistonda

    Xalqaro hamkorlik 26 Sentabr 2022 1037

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Qirgʻizistonga bordi.

    Uni “Manas” xalqaro aeroportida Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov kutib oldi.

    Tashrif davomida Abdulla Aripov Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalarining qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma majlisida ishtirok etadi.

    Shuningdek, Abdulla Aripov Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.