Uni “Manas” xalqaro aeroportida Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov kutib oldi.

Tashrif davomida Abdulla Aripov Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalarining qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha qoʻshma majlisida ishtirok etadi.

Shuningdek, Abdulla Aripov Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.