Bu yil xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan 5,2 milliard dollarlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan.
Investitsiyalarni oʻzlashtirishda haligacha byurokratiya koʻpligi tanqid qilindi.
Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash boʻyicha alohida Favqulodda shtab tashkil qilinishi belgilandi. Shtab har bir loyihani ichiga kirib, aniq ishlarni amalga oshiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama oʻtkazadi.
Joriy yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 1,1 milliard dollar, Islom taraqqiyot banki bilan esa 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Mutasaddilarga ushbu 2 ta xalqaro bank bilan yaqindan ishlab, tumanma-tuman yurib, tadbirkorlar bilan davlat kafolatisiz qilish mumkin boʻlgan loyihalarni koʻpaytirish topshirildi. Ularga aniq masʼullar biriktiriladi, mablagʻ jalb qilishda tadbirkorlarga koʻmaklashiladi.