Bosh vazir oʻrinbosari Bryusselda Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 23 Iyun 2022 1222

    Bryusselda Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston va YEI oʻrtasidagi turli soha va formatdagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

    YEI vitse-prezidenti soʻnggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yuqori baholadi. Yevropa tomoni mamlakatda hayotga tadbiq etilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini, jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab olishini bildirdi.

    Oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻrishga har ikki tomon ham tayyorligi alohida taʼkidlandi.