Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev hamda mutasaddilar bilim dargohi hayoti va faoliyati bilan tanishish asnosida dars jarayonlarini kuzatishdi. Oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan muloqot qilib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tumanga tashrif chogʻida mutasaddilar, shuningdek, tumandagi 40-umumtaʼlim maktabida ham boʻlishdi. 5 muhim tashabbus doirasida olib borilayotgan ishlar va tadbirlar bilan kuzatib, pedagogik jamoa va oʻquvchilarga yosh avlod istiqboli borasidagi zarur taklif va tavsiyalarni berishdi.