Sardoba tumanida oʻtkazilgan Respublika ishchi guruxi yigʻilishdan soʻng deputatlar, vazirlik va idoralar vakillari, jurnalistlar “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinidagi koʻp kvartirali uylarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan bu yerda aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarga yaratilgan qulayliklar xususida atroflicha maʼlumot berildi.

photo_2020-10-29_13-04-07.jpg
photo_2020-10-29_13-04-01.jpg
photo_2020-10-29_13-04-03 (2).jpg
photo_2020-10-29_13-04-03.jpg

Maʼlumki, tabiiy va texnogen ofatlar natijasida yetkazilgan zarar jahonning koʻplab davlatlarida qoplanavermagan. Sirdaryo viloyatining mazkur hududlarida pandemiya sharoiti boʻlishiga qaramay qisqa vaqtda 1 ming 480 xonadondan iborat 37 ta koʻp qavatli turar joy qurildi.

photo_2020-10-29_13-04-06.jpg

 

photo_2020-10-29_13-04-55.jpg

 

photo_2020-10-29_13-04-49.jpg

 

photo_2020-10-29_13-04-48.jpg

Ushbu uylar besh qavatli boʻlib, ikki va uch xonali kvartiralardan iborat. Turar joylarni qurishda eng energiyatejamkor materiallardan foydalanilgan. Ushbu mavzeda barcha kommunikatsiya tarmoqlari mavjud. Mahalla guzari, bolalar maydonchalari qurilib, hudud obodonlashtirilgan.

Mazkur xonadonlar tayyor holda, toshqindan jabrlangan oilalarga bepul topshiriladi. Bu boʻyicha deputatlar va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdi.