“Zamin uz” sayti bosh ogʻriganda nima qilish kerakligi haqida «Domashniy ochag» jurnalidagi tavsiyalarga koʻra taqdim etgan maʼlumotda koʻproq suyuqlik ichish ham kuchli bosh ogʻrishining oldini olar ekan.
Aytilishicha, kuchli bosh ogʻrigʻi – organizmga suv yetishmayotganidan signal beruvchi suvsizlanishga xos simptom sanaladi. Suyuqlik balansining hatto biroz buzilishi ham migrenga sabab boʻlishi mumkin. Aynan shuni inobatga olgan holda koʻp suyuqlik ichish, shuningdek, tarkibida suv bisyor boʻlgan sabzavot va mevalar – bodring, tarvuz va boshqalarni isteʼmol qilish tavsiya qilinadi.