Buning natijasida respublikaning katta qismida bulutlilikning ortishi kutilmoqda. Toshkent viloyati, Fargʻona vodiysi viloyatlari, respublikaning togʻoldi va togʻli tumanlarida shu kunlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Mamlakatimizning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 metr/sekundiga kuchayishi mumkin.
Butun respublika boʻyicha haroratning pasayishi kutilmoqda. Ertaga havo harorati 28-33 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha pasayadi.
19-avgustdan atmosferadagi gʻarbiy oqimlar janubi-gʻarbiy oqimlar bilan almashadi. Respublikamiz hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo oqimi koʻtariladi.
19-21-avgustda butun respublika boʻyicha ob-havo asosan kam bulutli boʻladi, harorat biroz koʻtariladi. Agar 19-avgustda kunduzgi harorat 28-33 daraja atrofida boʻlsa, 20-21-avgust kunlari kunduzi havo 34-37 darajagacha isiydi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.