Boshqa fuqaroning 15 sotix yerini firibgarlik yoʻli bilan sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

    Xavfsizlik 5 Mart 2021 758

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

    Tadbirda fuqaro A.X. va boshqalar fuqaro U.ning ishonchiga kirib, boshqa fuqaroga tegishli boʻlgan “Sijjak” qishlogʻida joylashgan 15 sotix boʻsh yerni uning nomiga Boʻstonliq tumani kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 33 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan A.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.