Bugungi kunda jamiyatning barcha boshqarma va korxonalarni 2022/2023 yillar kuz-qish mavsumda barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, texnologik asbob-uskunalari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi ob'ektlarini ta'mirlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olingan bo'lib, barcha boshqarma va korxonalar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, texnologik asbob-uskunalari
kuz-kish mavsumida barqaror va uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida, quyidagi ishlar amalga oshirildi:
• 223 ta texnologik qurilmalari ta'mirlandi.
• 35 ta qozonxonalari ta'mirlandi.
• 137 ta qozonlari ta'mirlandi.
• 86 ta ishlab chiqarish binolarii ta'mirlandi.
• 604 ta sig'imlari ta'mirlandi.
• 46 ta gaz taqsimlash punktlari (GTP) ta'mirlandi.
• 115,2 km. gaz tarmoqlari, 6,4 km. issiqlik tarmoqlari, 9,9 km. suv tarmoqlari, 197ta transformator podstantsiyalarining, 182,5 km. elektr tarmoqlarining, 3,5 km. kabel` estakadalar ta'mirlandi.
• 653 ta sig'imlar tozalandi.
• 4,0 km. issiqlik tarmoqlari izolyatsiya qilindi.
• 58 ta dizel` elektr stantsiyalar, 86 ta uzluksiz elektr ta'minoti manbalari (UPS), 139 ta zahirani avtomatik ulash qurilmalarining (AVR) ishchi holati tekshirildi.
SHu bilan birga gaz qazib chiqarish va qayta ishlash ob'ektlaridagai asosiy muhandislik kommunikatsiyalarida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
• Muborak neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi konlaridagi gazni kompleks tayyorlash qurilmalarida jami 13 ta texnologik tarmoqlarida rejali ta'mirlash ishlari va siquv kompressor stantsiyalarida jami 27 ta gaz haydash agregatlarida reglament ishlari amalga oshirildi.
• SHo'rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo'yicha – 4 ta tabiiy gazni tseolit yordamida oltingugurtdan tozalash qurilmasida, 2 ta Amin yordamida gazni tozalash qurilmasida, 2 ta Propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida, 12 ta Past haroratda gazni quritish va tozalash qurilmasidagi texnologik tarmoqlarida rejali ta'mirlash ishlari va siquv kompressor stantsiyalaridagi jami 13 ta gaz haydash agregatlarida reglament ishlari amalga oshirildi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodi bo'yicha – 15 ta Gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalarida, 7 ta Past haroratli separatsiyalash qurilmalarida, 4 ta Propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasidagi texnologik tarmoqlarida hamda 6 ta siquv kompressor stantsiyasidagi gaz haydash agregatlarida rejali ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
• Gazli neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo'yicha – “Qulbeshkak”, “Savatli”, “Qumli”, “YAngikazgan”, “Tumaris” va “O'rtaqum” konlaridagi gazni birlamchi tayyorlash qurilmalarida 7 ta texnologik tarmoqlarida, 4 ta Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalarida, 2ta Uchqir va G'arbiy siquv kompressor stantsiyasidagi gaz haydash agregatlarida hamda 2 ta Propan-butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
• Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo'yicha – “Arslon” va “SHarqiy Berdaq” Gazni kompleks tayyorlash qurilmasida 4 ta past haroratli separatsiyalash tarmog'ida siquv kompressor stantsiyasidagi 3 ta gaz haydash agregatlarida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari joriy yilning aprel` va oktyabr` oylarda SHo'rtan gaz kimyo majmuasining texnologik qurilmalarida ta'mirlash ishlari amalga oshirildi va kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.
SHuningdek kuz-qish mavsumida Respublika istemolchilarini tabiiy gaz bilan ta'minlash va belgilangan reja ko'rsatkichlarini bajarish uchun joriy yil boshidan 20 oktyabr` holatiga 60 ta quduq burg'ilashdan ishga tushirildi. 522ta quduqda mukammal ta'mirlash va intensifikatsiya ishlarini amalga oshirish hamda 18ta texnologik ob'ektlarda qurilish, modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlarini bajarildi.
“O'zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati