Boshqaruvni yoʻqotgan “Neksiya-3” kanalga tushib, oqib ketdi

    Hozirda holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bu haqda Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha shu yilning 8-iyul kuni tush soat taxminan 11:15larda Oqdaryo tumani “Boshdarxon” MFY ichki yoʻlida “Neksiya-3” rusumli avtomobilini boshqarib kelayotib roʻl boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida “Shaxob” kanaliga tushib ketib, YTH sodir boʻldi.

    Hodisa oqibatda mashina ichida boʻlgan yoʻlovchi va haydovchi tan jarohati olmagan. “Neksiya-3” rusumli avtomashinaga moddiy zarar yetgan.