Bu haqda Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha shu yilning 8-iyul kuni tush soat taxminan 11:15larda Oqdaryo tumani “Boshdarxon” MFY ichki yoʻlida “Neksiya-3” rusumli avtomobilini boshqarib kelayotib roʻl boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida “Shaxob” kanaliga tushib ketib, YTH sodir boʻldi.

Hodisa oqibatda mashina ichida boʻlgan yoʻlovchi va haydovchi tan jarohati olmagan. “Neksiya-3” rusumli avtomashinaga moddiy zarar yetgan.