Tadbirda ushbu davlatga qonuniy tarzda ishchi kuchi jalb qilishga alohida eʼtibor qaratish, Boshqirdistondagi “Pasport-viza xizmati” federal davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda firibgarlik, ruxsatnomalarni qalbakilashtirish va boshqa noqonuniy harakatlar bilan shugʻullanadigan “vositachilar”ga qarshi kurashish, Oʻzbekiston fuqarolarini odam savdosi qurboniga aylanib qolishini oldini olish masalalari muhokama etildi.

Boshqirdistondagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot berilib, ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan kelishib olindi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.