Bosniya va Gersegovina qurolli kuchlarining vertolyoti EUFOR tinchlikparvar missiyasi bilan ertangi yillik qo'shma mashg'ulotlarga tayyorgarlik chog'ida ko'lga qulab tushdi, deb xabar beradi ria.ru.

“Barcha to'rt nafar ekipaj a'zosi qutqarildi, ulardan biri jarohatlandi va dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, eng yaqin shifoxonaga jo'natildi”, deya mahalliy politsiya matbuot kotibi Lyudevit Marich so'zlaridan iqtibos keltirgan nashr.