Hujjat loyihasiga koʻra, Boʻstonliq va Zomin tumanlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligining oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan otryadlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan idoraviy boʻlinmalar yongʻin oʻchirish asbob-anjomlari va texnikasi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.
Bundan tashqari, mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega yongʻin-texnik vositalar va ishlab chiqaruvchilar roʻyxatini shakllantirish, davlat standartlari asosida xususiy sektorni jalb etgan holda yongʻin-texnik vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.