Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli ikki kunga yopiladi

    Sport 9 Sentabr 2025 1449

    Shu yilning 9—11-sentyabr kunlari Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli yopiladi.

    Bu haqida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB xabar berdi.

    Xabarda aytilishicha, shu kunlari velosport boʻyicha Respublika turniri oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan soat 08-00 dan 15-00 ga qadar D012 “Bektemir-Chorbogʻ q.” avtomobil yoʻlining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina”)dan boshlab 54 kilometrlari (Oqsoqota mfy “Fayz” kafesi) oraligʻida transport vositalari harakati cheklanadi.

    Boʻstonliq tumaniga boruvchi fuqorolar Chirchiq shahri yohud Qoramanas, Qoʻshqoʻrgʻon mahallalari orqali harakatlanishlari mumkin boʻladi.