Boʻstonliqda 2 yoshli bola jarlikka tushib ketdi

    Voqea-hodisalar 11 Aprel 2025 994

    Bola chuqurligi taxminan 25 metr boʻlgan jarlikdan topilgan.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 10-aprel kuni tungi soat 22:23 da Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani “Yakkatut“ MFY hududida 2 yoshli bola yoʻqolib qolganligi va oʻsha hududdagi jarlikka tushib ketganligidan gumonlanib xabar berilgan.

    Xabarga asosan, aytilgan manzilga Boʻstonliq tumanining bir guruh qutqaruvchilari yetib borgan.

    Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bola oʻsha hudud yaqinidagi jarlikning taxminan 25 metr boʻlgan chuqurligidan topilgan va yuqoriga olib chiqilib, sogʻ-salomat ota-onasiga topshirilgan.

    Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.