Sud qaroriga koʻra, 33 yoshli fuqaro (M.Sh.)ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, 30 yoshli fuqaro (A.A.) MJtKning 220(1)-moddasi (qurolning qonunga xilof muomalasi) bilan aybdor deb topilib, unga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi berildi.

Eslatib oʻtilishicha, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun qonunchilikda javobgarlik muqarrar. Agar bunday holatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin takrorlansa, bu jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.