Bo‘stonliqdagi dam olish maskani 8,5 milliard so‘mga sotildi

    "Bo‘stonliq tumanida joylashgan, boshlang‘ich narxi 5,7 mlrd so‘m bo‘lgan "Geoburtexnika" davlat korxonasining dam olish maskani uchun o‘tkazilgan auksion savdosida 2 nafar ishtirokchi qatnashdi" deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati..

    Savdolar natijasida davlat ob'ekti 8,5 milliard so‘mga sotildi.

    Auksion g‘olibida 5,2 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan ushbu ob'ektda 24 oy mobaynida turistik xizmat ko‘rsatish majmuasi, shu jumladan, 3 yulduzli, kamida 3 qavatli, 100 o‘rinli mehmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyati mavjud.