Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va jahon miqyosida targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–230-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.

Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi

2026-yildan har 2-yilda 1-marta estrada sanʼati boʻyicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi.

Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy film yaratiladi.