1-iyun` kuni topilgan tosh chorshanba kuni mamlakat prezidenti Mokgvetsi Masisiga poytaxt Gaboronada namoyish etildi.

Debswana direktori Linett Armstrongning so'zlariga ko'ra, bu tosh dunyodagi sifatli toshlarga oid uchinchi yirik topilma.

Hali nomlanmagan toshning uzunligi 73 mm, kengligi 52 mm va qalinligi 27 mm. Shuningdek, u Debswana tarixida topilgan eng yirik sifatli tosh hisoblanadi.   

Dunyoda kashf etilgan eng katta olmos — bu 1905 yilda Janubiy Afrikada topilgan 3106 karatli Kullinandir.

Ikkinchisi, 2015 yilda Botsvananing shimoli-sharqidagi Karova shahrida topilgan, tennis to'pi kattaligicha bo'lgan 1109 karatli Lesedi La Rona
olmosidir.

Botsvana Afrikaning etakchi olmos ishlab chiqaruvchisi sanaladi.