– Bu mish-mishda jon bor, – deb izoh beradi “AiF” (2021y, 22-son). – Rossiyaga chetdan keltirilayotgan, shu jumladan, Xitoy qulupnayi taʼmi Rossiyada yetishtirilayotganidan ancha yomon. Bunday meva va rezavorlarni qoʻshimcha kimyoviy ishlov bermasdan uzoq saqlashning iloji yoʻq.

Xitoyda qulupnay, misol uchun, yetishtirilayotganda, transportga yuklash oldidan zamburugʻga qarshi kuchli fungitsidlar bilan ishlanadi. Ular saraton kasalliklari keltirib chiqarishi mumkin. Negaki, rezavor xomligicha yashil paytida terib olinadi.

Unda taʼm ham yoʻq, foydali moddalar ham yoʻq. Shu bois baʼzan chiroyli rang hosil qilish uchun turli garmonlar va preparatlar bilan ishlov beriladi. Bundan tashqari, Xitoyda qulupnay yerda emas, gidroponika usulida sunʼiy aralashmalar yordamida yetishtiriladi.

T.Shomurodov tayyorladi