Bu haqda umumiy amaliyot shifokori Ever Arias o'zining TikTokdagi akkauntida ma'lum qildi.

Ariasning ta'kidlashicha, bo'yinni qirsillatish odati darhol salbiy oqibatlarga olib kelmaydi, ammo vaqt o'tishi bilan u bo'g'imlarning gipermobilligini keltirib chiqarishi mumkin. Shifokorning so'zlariga ko'ra, bu holat ko'pincha og'riqlar, umurtqaning kompression sinishiga olib keladi.

Shifokor ba'zida bo'g'im gipermobilligi insultni keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.

Arias bo'ynini qirsillatish odatidan butunlay voz kechmaganlarga buni imkon qadar kamroq qilishni maslahat berdi. U birinchi navbatda bo'ynini massaj qilishni va agar noqulaylik kuchli bo'lsa va yo'qolmasa, uni qirsillaguncha aylantirishni taklif qildi, deb xabar beradi tengrinews.kz.