Jarayonda tuman yoʻl infratuzilmasi obyektlarida byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

Xususan, 2020-2021-yillarda Boyovut tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi umumfoydalanuv avtomobil yoʻllari va “Obod qishloq” dasturiga asosan ichki yoʻllarda amalga oshirilgan qayta taʼmirlash ishlari nazorat oʻlchovidan oʻtkazildi.

Mazkur korxona mansabdor shaxslari oʻzaro til biriktirib, hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali jami 1 mlrd. 525 mln. soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari maʼlum boʻldi.

Hozirda Boyovut tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167- (“Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”) va 209- (“Mansab soxtakorligi”) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.