Unga ko‘ra:

  • 2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
  • 2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
  • 2020-2021 yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash parametrlari;
  • 2020-2021 yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yo‘l kommunikatsiya tizimi va ijtimoiy soxani yaxshilash chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Shu bilan birgalikda:

Boyovut tumanidagi uy-joyga muhtoj bo‘lgan oilalarni uy-joy bilan ta'minlash maqsadida “Boyovut paxta tozalash” AJning ijtimoiy soha ob'ekti bo‘lgan va hozirda bo‘sh turgan “Oshxona va sauna” binosi hamda “Bekat” MFYda joylashgan “Qishloq qurilish invest” IKning bo‘sh turgan idora binosi va er maydoni ularning ustav fondidagi davlat ulushini mos ravishda kamaytirish hisobiga Boyovut tumani hokimligiga berildi.

Mazkur qaror bilan:

  • “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Sirdaryo viloyati hokimligi, “Boyovut texno cluster” paxtachilik klasteri bilan birgalikda 2020 yil oxiriga qadar 700 ish o‘ringa mo‘ljallangan paxta tolasini qayta ishlash va keyinchalik undan yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chikarishni o‘z ichiga oluvchi majmuani tashkil etishi;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Boyovut tumanida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida kqo‘shimcha ravishda har birining qiymati 5 mln. AKSh dollariga teng bo‘lgan 5 ta yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqishi belgilandi.

Tuman hududida shaharsozlik hujjatlariga asosan buziladigan turar va noturar joylar uchun kompensatsiya pullari Davlat va jamiyat extiyojlari uchun er uchastkalarning olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Bir oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Boyovut tumani hokimligi bilan birgalikda har bir mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxati shakllantiriladi. Bunda aholiga qulay joylashgan, lekin foydalanishdan chiqqan erlarni har bir talabgor va ekin turi kesimida taqsimlab, ularni kooperatsiyalarga biriktiriladi.