Boyovut tuman hokimligi rasmi

Yangi maskanlar zamonaviy koʻrinishda taʼmirlanib, tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan har bir guruhda alohida ovqatlanish joyi, yotoqxona, hojatxona va yuvinish xonasi mavjud.

Oziq-ovqatlar uchun omborxona, goʻsht, sut va meva mahsulotlari uchun alohida muzlatgich bilan taʼminlangan.

Tuman hokimi, senator Dilfuza Uralovaning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ochilish marosimida taʼkidlashicha, tumanda 2017-yilda MTM lar soni 17 tani, tarbiyalanuvchilar soni 2 317 tani hamda qamrov darajasi 23 foizni tashkil etgan. Sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida 2020-yilga kelib maktabgacha taʼlim tashkilotlarining soni 55 taga, tarbiyalanuvchilar soni 6 462 taga, eng asosiysi qamrov darajasi 63,6 foizga yetkazildi.

Hozirgi kunga kelib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining sonini 69 taga yetkazishga erishildi. Ularning 32 tasini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etsa, 2 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va 32 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. Qamrov esa umumiy hisobda 69,7 foizga yetdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimligi matbuot xizmati.