Ijro hujjati MIB tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilib, ota tomonidan aliment pullari oyma-oy, oʻz vaqtida, toʻliq toʻlangan.
Alimentchi ota farzandlariga toʻlanishi lozim boʻlgan aliment evaziga oʻz uyini rasmiylashtirib berish istagini bildirgan.
Shu bois, unga tegishli huquqiy tushuntirish berilib, sobiq turmush oʻrtogʻi bilan kelishilgan holda Boyovut tumanidagi uyini uning nomiga rasmiylashtirib bergan va qarzdor sud tomonidan aliment toʻlashdan ozod qilingan.