Surxon vohasining Boysun tumanidagi Padang kengliklarida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻtkazilgan festivalda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan martabali mehmonlar, folklorlar, soha mutaxassislari, muxlislar ishtirok etdi.
Padang kengliklarida yuzdan ortiq oʻtov uylar oʻrnatilib, turli sport musobaqalari, baxshi-oqinlar tanlovi, ot ustida kurash, chillak, arqon tortish, milliy kurash singari oʻnga yaqin milliy xalq oʻyinlari oʻtkazilib, gʻoliblar taqdirlandi.
Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan kurash bellashuvlarida mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan dongdor polvonlar oʻzaro kuch sinashgan boʻlsa, yugurish musobaqasi ham qizgʻin oʻtdi. Gʻoliblar munosib ragʻbatlantirildi.
“Boysun bahori” xalqaro festivali doirasida kurash va yugurish musobaqalari oʻtkazildi