Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.T.” fermer xoʻjaligi rahbari R.B. xoʻjalikka naslli chorva mollari sotib olish uchun bank muassasasidan ajratilgan 900 mln soʻm kredit mablagʻini belgilangan maqsadlarda sarflamasdan naqdlashtirish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.