Boysun tumanida havo sharlari uchiriladi

    Turizm qoʻmitasi tomonidan Boysun tumanidagi “qizil konyon” hududida joriy yil 18-19-yanvar kunlari havo sharlari uchiriladi.

    Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

    Taʼkidlanishicha, Surxon vohasining turizm salohiyatini dunyoga yanada tanitish, yangi yoʻnalishlarni targʻib qilgan holda sayyohlar oqimini oshirish koʻzda tutilgan.

    Shuningdek, tadbir doirasida OAV vakillari hamda blogerlar uchun info-tur ham tashkil etiladi.

    "Barcha qiziquvchilar, OAV vakillari hamda blogerlarni joriy yil 18-yanvar kuni soat 8:00 dan boshlanadigan tadbirga taklif etamiz.

    Keling va betakror tabiat manzaralarini havo sharlarida tomosha qilib, zavq oling!", deyiladi xabarda.