Festival doirasida tumanda yetishtiriladigan olma, uzum, anor, poliz mahsulotlari va boshqa mevalar hamda milliy hunarmandlik buyumlari koʻrgazmalari tashkil etildi. “Eng shirin olma bogʻi yaratuvchisi”, “Eng faol mahalla”, “Eng faol tashkilot” kabi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, festival tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Festivalda faol ishtirok etgan mahalla va tashkilotlarga ragʻbatlantiruvchi mukofotlar topshirildi. “Olma sayli” sanʼatkorlarning qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlandi.