Jumladan, ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Boysun tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarning yashash manzillarida tintuv va olib qo'yish tergov o'tkazilishi natijasida, ularning ayrimlari o'zlarining uyali aloqa vositalari va komp`yuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni saqlash va tarqatish orqali inson ongini yot g'oyalar bilan buzib kelayotganligi ma'lum bo'lgan.
Dastlabki tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, ekstremistik guruhning a'zolari mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasiga borib, u erda ishlashi davomida xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g'oyalarga yollovchi g'oyalari ta'siriga tushib, oqim g'oyalarini qo'llab-quvvatlab kelganligi, yashash manzillariga kelganlaridan keyin ham tuman hududida “Jihodchilar” ekstremistik oqimning yashirin jamoatini tuzib, yaqinlari orasida da'vat qilish ishlarini olib borib, ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda, aniqlangan materiallar yuzasidan sudga doir adabiyotshunoslik ekspertizalari tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.