Ijodiy jamoa, hakamlar hay'ati, san'atkorlar va finalda ishtirok etadigan iste'dodli yoshlar Qoraqalpog'istonga etib kelishdi.
Nukus amfiteaktrida bo'lib o'tadigan finalning ochilish marosimini “Mening yurtim”, “Yoshlar” telekanali orqali bugun soat 19:30 da to'g'ridan to'g'ri efir orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, g'olib bo'lgan iste'dodli yoshlar pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:
— 1 o'rin 50 000 000 so'm
— 2 o'rin 30 000 000 so'm
— 3 o'rin 20 000 000 so'm.
Respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu haqida Yoshlar ishlari agentligi xabar bermoqda.